Maqola yuborish

Yuborish uchun Kirish yoki Ro'yxatdan o'tish.

Muallif ko'rsatmalar

Maqolalar jurnalning rasmiy veb-sayti orqali yoki tahririyat elektron pochtasiga qabul qilinadi.

Maqolaga qo‘yiladigan talablar

  • Maqola ilgari boshqa nashrda e’lon qilinmagan va bir vaqtning o‘zida boshqa tahririyatga yuborilmagan bo‘lishi shart.
  • Matnning o‘ziga xoslik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi kerak; undan past ko‘rsatkichdagi maqola taqrizga yuborilmaydi.
  • Maqola jurnalning ilmiy yo‘nalishlariga mos bo‘lishi lozim.
  • Maqolada keltirilgan ma’lumotlar, hisob-kitoblar va xulosalarning haqqoniyligi uchun muallif javobgar hisoblanadi.

Taqriz bo‘yicha ishlash

Muallif taqrizchi izohlari bo‘yicha maqolani o‘n kun ichida qayta ishlab beradi. Belgilangan muddatda javob kelmasa, maqola ko‘rib chiqishdan olib tashlanadi.

Hammualliflik

Maqoladagi hammualliflar ketma-ketligi va tarkibi mualliflar tomonidan mustaqil belgilanadi; tahririyat bu masalaga aralashmaydi.

Arizalarni tayyorlash uchun nazorat ro'yxati

  • Maqola ilgari boshqa nashrda e’lon qilinmagan va bir vaqtning o‘zida boshqa tahririyatga yuborilmagan.
  • Matnning o‘ziga xoslik darajasi kamida 70 foiz.
  • Maqola jurnalning ilmiy yo‘nalishlaridan biriga mos keladi.
  • Maqola rasmiylashtirish talablariga muvofiq tayyorlangan.
  • Adabiyotlar ro‘yxati to‘liq va matndagi havolalarga mos.
  • Hammualliflar tarkibi va ketma-ketligi barcha mualliflar bilan kelishilgan.
  • Manfaatlar to‘qnashuvi, agar mavjud bo‘lsa, oshkor qilingan.

Maqolalar

Section default policy

Maxfiylik bayonoti

Ushbu sayt orqali kiritilgan ism, manzil va elektron pochta kabi ma’lumotlar faqat jurnalning e’lon qilingan maqsadlari uchun ishlatiladi va boshqa maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Taqrizchi va tahririyat xodimlari ko‘rib chiqilayotgan maqola mazmunini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydi hamda undan shaxsiy maqsadlarda foydalanmaydi.