COWORKING XIZMATLARI KORXONASINING BOZORGA YO`NALTIRILGANLIGINI ISTE’MOLCHI XULQ-ATVORI BOSQICHLARI ASOSIDA BAHOLASH METODIKASI (C-Space coworking misolida)
Kalit so‘zlar:
bozorga yo‘naltirilganlik, coworking, iste’molchi xulq-atvori, J.-J.Lamben metodikasi, vaznlashtirilgan integral indeks, funksiyalararo muvofiqlashtirish, nomuvofiqliklar tahlili, marketing voronkasi, sig‘imdan foydalanishAbstrak
Maqolada coworking korxonasining bozorga yo‘naltirilganlik (BY) darajasini baholashning takomillashtirilgan metodikasi taklif etilgan. J.-J.Lamben anketasi coworking bozorining to‘rtta o‘ziga xos jihati — taqsimot kanalining qisqarganligi, iste’molchining xizmat yaratilishidagi ishtiroki, a’zolikka asoslangan takroriy iste’mol va axborotdan foydalanish natijasining o‘lchanmasligi — hisobga olingan holda moslashtirildi. Metodikaga iste’molchi xulq-atvori bosqichlariga yo‘naltirilganlikni baholovchi yangi blok kiritildi, bloklarning teng ahamiyatliligi farazi empirik asoslangan vazn koeffitsiyentlari bilan almashtirildi, tahlil apparatiga uchinchi tartibli nomuvofiqlik va muvofiqlik koeffitsiyenti qo‘shildi. C- Space misolidagi aprobatsiya vaznlashtirilgan integral indeks I_BY = 5,83 ball (o‘rtacha daraja) ekanini ko‘rsatdi; to‘rtta blokda jiddiy nomuvofiqlik, yettitadan beshtasida esa bo‘limlararo yuqori nizolilik aniqlandi.